Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda!
Surxondaryo viloyat Jarqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda aholining ehtiyojmand qatlami, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda uyida yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va kasalliklari aniqlangan fuqarolarga davolash-muolaja bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.