Yangi Konstitutsiya targ‘ibotida “Ayollar qanoti” a’zolari faollik ko‘rsatishmoqda
Yangi Konstitutsiya targ‘ibotida “Ayollar qanoti” a’zolari faollik ko‘rsatishmoqda

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Toshkent shahridagi 183-umumta’lim maktabida “Insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, 183-umumta’lim maktabining rahbar va o‘qituvchilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiyani yangilashga bo‘lgan ehtiyoj, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda yangi tahrirdagi konstitutsiya insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat kabi g‘oyalarga asoslangani bilan ahamiyatli ekanligi batafsil tushuntirildi. Shuningdek, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, yoshlar, xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha kiritilgan yangi moddalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi. Tadbir savol-javob va baxs munozaraga boy tarzda o‘tdi. Bir guruh pedagog va rahbarlar O‘zbekiston XDPga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi.

Tadbir so‘nggida yangi Konstitutsiya va referendum haqida maktab ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan videorolik namoyish etildi va barcha joriy yilning 30 aprelida o‘tkaziladigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish