Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari
Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari

 

Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘i purviqor tog‘lari, so‘lim tabiati hamda zilol soylari bilan mashhur. Anklav hudud aholisi yurtimizdagi islohotlarni o‘z hayotlari misolida yaqqol sezmoqda. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegaralarining ochilgani shohimardonliklar va yurtdoshlarimiz uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

Shohimardon qishlog‘ida "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamajonova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma'sudjon Sulaymonov yangilanayotgan Konstitusiya baxtli hayotimizning kafolati ekanligi, unda inson huquq va manfaatlari ustuvorligi xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda shohimardonliklar ham so‘z olib, referendumda faol ishtirok etishini bildirdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish