Toshkent viloyat Kengashining V plenumi o‘tkazildi
Toshkent viloyat Kengashining V plenumi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashining V plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, partiya viloyat Kengashi a’zolari, partiya tashkiloti rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Plenumda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘iboti, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi ijrosi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Toshkent viloyat Kengashi va deputatlik birlashmalarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha vazifalar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Majlisni viloyat Kengashi raisi A.Umaraliyev olib bordi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi va viloyat Kengashi partiya guruhining 2022 yildagi faoliyati yuzasidan axboroti, Ijroiya qo‘mitaning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti, Toshkent viloyat Kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilash to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

Plenum davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Q.Qosimova, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati B.Xolmirzayev, Chinoz tuman kengashi raisi F.Ibragimov va boshqalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Plenum Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish