Hamshiralar kuni munosabati bilan xotira turniri

 

O‘zbekiston XDP Forish tuman kengashi hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Forish tuman markaziy shifoxonasida marhum shifokor Ra’no Xudoyqulova xotirasiga bag‘ishlangan xotira turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP a’zosi bo‘lgan Ra’no Xudoyqulova ajoyib inson, tajribali shifokor edi. Dastlab tuman markaziy shifoxonasida akusher ginekolog, tuman tibbiyot birlashmasida bosh vrach o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritdi. Keyinchalik esa Forish tumanida turli rahbarlik lavozimlarida xalq turmush farovonligini yuksaltirish borasida samarali mehnat qildi. O‘z mehnat faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Ayni kunda uning ishlarini shogirdlari davom ettirishmoqda.

Tadbirda Forish tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Adiba Jabborova, tajribali shifokor, mehnat faxriysi Avazxon Begiyevlar so‘zga chiqishib, Ra’no Xudoyqulovaning hayoti va mehnat faoliyati haqida so‘z yuritishdi.

Shundan so‘ng tuman tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan hamshiralar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.

Turnir g‘oliblariga O‘zbekiston XDP tuman Kengashi, “Mahalla xayriya” jamoat fondi hamda tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyatining esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish