Toshkent viloyatidan ham delegatlar saylandi

 

Nurafshon shahrida O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashining Vl plenumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat tashkiloti va partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtiroki hamda O‘zbekiston XDP XIII qurultoyiga Toshkent viloyatidan delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda vazifalar belgilab olindi.

Plenum a’zolari tomonidan Qurultoyga 7 nafar delegat saylandi.

 

 

 

Teglar

Plenum Saylov
← Roʻyxatga qaytish