Kun.uz: Partiyalar prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodlariga imzo to‘plashmoqda
Kun.uz: Partiyalar prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodlariga imzo to‘plashmoqda

 

Qoidaga muvofiq, saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilgan siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab, saylovchilar umumiy sonining kamida bir foizi imzosi to‘planishi kerak.

Xalq demokratik partiyasining boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodlariga imzo yig‘ish jarayoni davom etmoqda.

Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng hududlar bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi hamda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligi besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi.

 

Xalq demokratik partiyasiga ko‘ra, partiyaning imzo yig‘ish jarayonida fuqarolar, aholining turli qatlami vakillari partiya g‘oyalari, tashabbuslari bilan yaqindan tanishgan holda qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, Saylov kodeksining 38-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakili ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyin saylovchilarning imzosini to‘plashga haqli.

Saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.

Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

www.kun.uz

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Saylov
← Roʻyxatga qaytish