Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Sardobada saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Sirdaryo viloyatidagi ishonchli vakili Sherali Mamadetsoyev Sardoba tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ishonchli vakil Sherali Mamadetsoyev yig‘ilganlarga nomzodning saylovoldi dasturi haqida ma’lumotlar berdi. Xususan, dasturdagi davlat hisobidan oliy ta’lim olish tizimini takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarining ta’lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning darsni o‘zlashtirishi va ularning innovatsion faoliyatda ishtirokiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilash tashabbuslari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv so‘nggida dastur yuzasidan saylovchilarni qiziqtirgan savollarga ishonchli vakil bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish