Kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda
Kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan Prezident saylovida partiyadan ko‘rsatilgan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar 10 784 ta saylov uchastkasi uchun partiyaning kuzatuvchiligiga nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi.

Endilikda kuzatuvchilarning saylov kunida samarali faoliyat olib borish uchun uch bosqichli o‘quv-seminarlar olib boriladi.

Seminarning birinchi bosqichida Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashi xodimlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o‘tkazuvchi uchastkalarga partiyadan ko‘rsatilgan kuzatuvchilar faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ikkinchi bosqichda hududiy partiya kengashlari tumanlar kengashlari vakillari bilan seminarlar o‘tkazadi. Yakuniy bosqichda tuman, shahar kengashlari bevosita kuzatuvchilar uchun seminarlar tashkil qiladi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Saylov
← Roʻyxatga qaytish