Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda deputatlik guruhlari oldida turgan muhim vazifalar muhokama qilindi
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda deputatlik guruhlari oldida turgan muhim vazifalar muhokama qilindi

 

O‘zXDP Markaziy Kengashida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi a’zolari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati”ga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminar tashkil etildi.

Partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tgan seminarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning har bir bandi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.

Bu borada O‘zbekiston XDP va uning barcha darajadagi deputatlik birlashmalari, partiya tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha aniq reja va takliflar belgilab olingan.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish