Yangi davr koʻproq gʻayrat va shijoat bilan ishlashni talab etadi
Yangi davr koʻproq gʻayrat va shijoat bilan ishlashni talab etadi



Joriy yilning 14 iyul kuni Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi va oʻz lavozimini bajarishga kirishdi. Mazkur tantanali marosimda yangilangan Konstitutsiyamizda muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirish eng oliy maqsadimiz ekanligi taʼkidlanib, bir qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, saylovchilar hayotini yaxshilash, inson qadrini, erkinliklarini taʼminlash uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni jalb qilish zarurligi, shu maqsadda mavjud huquqiy-meʼyoriy bazani yangilash, yangi qonunlarni qabul qilish, mavjudlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, muxtasar qilib aytganda, qonunchiligimizni tezroq Konstitutsiyamizga moslashtirish vazifasi berildi.

Taʼkidlanganidek, islohotlarimizning taʼsirchanligini va har bir fuqaro oʻz hayotida, oʻzining dasturxonida sezishi zarurligi, oʻzgarishlarni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha fuqarolarimiz oʻzining taqdirida, ijobiy tomondan tub burilish davri sifatida his qilishi uchun, kamchiliklarimiz va xatolarimizdan toʻgʻri xulosa chiqargan xolda faoliyatimizni qayta rejalashtirish zarurati asoslab berildi.

Qonunchilik va ijro hokimiyatini takomillashtirish, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar va jamoatchilikni hududlardagi muammolar ichiga chuqurroq kirishi, aniq maqsad va vazifalarni, loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish orqali, xalqimizning ishonchini oqlash nafaqat vazifamiz balki insoniy burchimizga aylanishi zarurligi boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, taʼlim va tarbiya, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, elektr energiya bilan ishonchli taʼminlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash ijtimoiy davlatimizning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Albatta, xalqimiz qonunlari ustuvor boʻlgan jamiyat va xalqparvar davlatni qurishda deputat va senatorlardan, ijro hokimiyatidan yangi tashabbus va gʻoyalarni, zimmasida boʻlgan vazifalarga halollik va masʼuliyat bilan yondashuvni kutmoqda.

Biz ham, oʻz navbatida saylangan Prezident tomonidan ilgari surilgan vazifalar va xalqimiz kutayotgan tub burilish va oʻzgarishlar davrida oʻz oldimizga qoʻyilgan vazifalarni masʼuliyat bilan, yangicha shijoat va gʻayrat bilan amalga oshirishimiz hamda Yangi Oʻzbekiston bilan hamnafas holda yangicha yondashuvni talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, yangi davr Oʻzbekiston uchun amaliy natijalar davriga aylanadi.

 

Shohista TURGʻUNOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Teglar

Deputat Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish