Kuz-qish mavsumi betalofat oʻtkazilishini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni barqaror ishlashga tayyorlash, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish boʻyicha Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlari faolligida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarini bosqichma-bosqich va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu kunlarda Krasnogorsk shaharchasi "Oydin" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari mukammal taʼmirlanmoqda. Ushbu ishlarning sifatli bajarilayotgani mahalla raisi Sh.Bobotoyev va deputat M.Nizomiddinov boshchiligida nazorat qilinmoqda.