Onalik va bolalik muhofazasi-doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi-doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Onalik va bolalik muhofazasi-doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida “Sog‘lom avlod jamg‘armasi” Farg‘ona viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda So‘x tumanining chekka qishloqlarida yashovchi xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensionerlar va bolalarning davolanishlari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida davlat dasturlarida belgilangan vazifalar, ayollarda ko‘p uchraydigan kasalliklar va ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasidagi ma’lumot, maslahat va tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, xotin-qizlar va bolalar shifokor-mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra, kasalligi aniqlanganlarga zarur tavsiyalar berildi, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanma va order olish uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish