Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan Dehqonobod MFYda joylashgan Jalolobod OShPda Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda tuman markazidan mammolog, ginekolog, pediatr, endokrinolog, jarroh, nevropatolog, kardiolog, ortoped va boshqa mutaxassislarning ishtiroki ta’minlandi. Mutaxassislar tomonidan 1500 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng “Sog‘lom ovqatlanish”, “Jismoniy faollik” bo‘yicha tushunchalar berilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni yanada ommalashtirish maqsadida 2-sonli kasb-hunar maktabi binosida xotin-qizlar o‘rtasida arqon tortish, tennis va shashka bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi. Sport musobaqalari davomida maktabda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish