«Ayollarga ko‘mak» loyihasi
«Ayollarga ko‘mak» loyihasi

 

«Ayollarga ko‘mak» loyihasi doirasida Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP Angor tuman kengashi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorlikda «Ayollarga ko‘mak» loyihasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 27 ta korxona va tashkilotlar qatnashdi.

Ishtirokchilarga 253 ta bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya qilindi. Yarmarkada 98 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ishga joylashmoqchi bo‘lgan 53 nafar fuqaroga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishga joylashish to‘g‘risida yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish