Yoshlar bandligiga ko‘maklashamiz
Yoshlar bandligiga ko‘maklashamiz

 

Mamlakatimizda yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini ta’minlash borasidagi izchil islohotlar davom etmoqda. Bunda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar ham faol ishtirok etmoqda.

"Yoshlar bandligiga ko‘maklashamiz" loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Kosonsoy tuman kengashi tomonidan ham qator natijalarga erishilmoqda. Tuman kengashi raisi Shuhratjon Jalolov dastlab, "Risolat pari" korxonasining "Kosonsoy" ichimlik suvi qadoqlash sexi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan korxona rahbari U. Xalilova bilan muloqot qilib, partiya kengashiga ish so‘rab murojaat qilgan 2 nafar yoshlarni ishga joylashtirishga kelishildi.

Shuningdek, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor M. Laylaboyev korxonasida bo‘lib, yosh tadbirkorning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorligini yanada kengaytirishi yuzasidan takliflar bildirilib, kengash raisi bu borada barcha ko‘maklarni ko‘rsatishini aytib o‘tdi.

Korxona bilan usta-shogird an’analarini shakllantirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish