Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida xotin-qizlarning ham o‘rni beqiyosdir. Shuni inobatga olgan holda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Sog‘lom bolani voyaga yetkazish uchun oilada xotin-qizlarning o‘rni va rolini kuchaytirish, mustahkam va sog‘lom oilalar sonini ko‘paytirishga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi tashabbusi bilan Zarbdor tumanidagi oilaviy poliklinikada «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tumandagi «Shodlik», «Do‘stlik», «Navro‘z» mahallalari aholisi uchun tashkil etilgan tibbiy ko‘rikka malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Kam ta’minlangan oilalarga «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi tomonidan 5 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. Deputatlar ko‘rikdan so‘ng ayollarning turli masalalar yuzasidan murojaatlarini ham o‘rganishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish