Yoshlar bilan uchrashuv
Yoshlar bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston XDP Uychi tuman kengashi tashabbusi bilan qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan mahallalar yoshlar yetakchilari hamda yoshlari ishtirokida “Yosh yetakchi” loyihasi asosida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumida uyushtirilgan tadbirda partiya tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati G‘. Jo‘rayev, viloyat Kengashi deputati N. Mamasoliyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T. Ismatillayevlar o‘z tajribalaridan so‘zlab berishdi. Bugungi kunda sport, ta’lim, tadbirkorlik, kompyuter texnologiyalari sohalarida namuna bo‘layotgan yoshlar, o‘z bilimi bilan bir vaqtning o‘zida dunyoning bir nechta nufuzli oliy o‘quv yurtlari talabasiga aylangan hamyurtlarimiz, grant sohiblari haqida faxr bilan to‘xtalib o‘tishdi.

Muloqotda yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida sportning bir necha turi bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish