“Sog‘lom ayol – millat ko‘zgusi”
“Sog‘lom ayol – millat ko‘zgusi”

 

O‘zbekiston XDP Muborak tuman kengashi tomonidan tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida oilaviy shifokor va hamshiralar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Sog‘lom ayol – millat ko‘zgusi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda nikohlanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va uning ahamiyati, ona va bola salomatligi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, oilalar tinchligini saqlash va nizolarning oldini olish bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari A. Parpiyeva va X. To‘rayevlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda patronaj hamshiralarning olib borayotgan faoliyati va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ishlari yuzasidan ham targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish