O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman kengashi tomonidan tumandagi "Xamrak" mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida "Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi" mavzusida o‘rganishlar olib borildi.
Jumladan, “Xamrak” MFY Tol ko‘chasining 97-uyida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Ro‘zimatov Xayitali A’zamjon o‘g‘li xonadonidan xabar olinganida oilada besh nafar oila a’zolari yashayotganligi, joriy yilning sentabr oyida ehtiyotsizlik sababli xonadonda yong‘in chiqib, og‘ir ijtimoiy axvolga tushib qolganligini va oilasi bugungi kunda moddiy va ma’naviy yordamga muhtoj ekanligi aniqlangan. Ro‘zimatovlar xonadoniga davlat tomonidan va homiylik asosida uy-joyi tiklab beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, mahalla jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi orqali moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon egalariga mazkur jamg‘arma orqali moddiy yordam berildi.