Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

 

O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi tuman xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Strategiya-30” yo‘nalishlaridan kelib chiqib, “Qushchi kattabog‘” mahallasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rik tanlov tashkil qilindi.

Tadbirda Xiva tuman kengashi deputati G. Saparova, partiyamiz faollari ishtirok etishdi. Tanlovda milliy hunarmandchilik, kashtachilik, chevarchilik an’analarini yanada rivojlantirishga e’tibor berilib, ishtirokchi qizlarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan yostiq, ko‘rpa, so‘zana kabi buyumlari namoyish qilindi.

Shuningdek o‘quvchi qizlar kuy-qo‘shiq va raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Qizlarni oilaga tayyorlashga oid qiziqarli savol-javob, muammoli vaziyatlarni hal qilishdagi topqirliklari orqali ishtirokchilarning qobiliyati baholab borildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zXDP Xiva tuman kengashining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish