Qizlar millat tayanchi
Qizlar millat tayanchi

 

BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolutsiyasiga asosan, 11 oktabr «Xalqaro qizlar kuni» deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP Sherobod tuman kengashi, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat, tuman Kengashi deputatlari va hamkor tashkilotlar tomonidan tuman madaniyat markazida «Qizlar millat tayanchi» shiori ostida «Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun» qizlar forumi o‘tkazildi.

Forumda maktablarda ta’lim olayotgan ziyrak, iqtidorli va iste’dodli qizlarning o‘zlari yasagan buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yosh qizlarning ijod namunalari ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida har bir faol qizning yutuqlari haqida so‘z yuritilib, ularga forum tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati S. Abdulaxatovaning aytishicha, bu kabi tadbirlar qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kiyinish va nutq madaniyatini oshirish, yoshlarimiz ongini yot g‘oyalardan va illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish