O‘zbekiston XDP Qibray tuman kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan bolalar uyida "Imkoniyat siz uchun!" loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman nogiron ayollar "Opa-singillar" jamiyati raisi N.N.Plotnikova, O‘zbekiston nogironlar jamiyati tuman bo‘limi raisi Bahodir Safarovlar ham ishtirok etdi.
Deputat Baxtiyor Usmonov so‘nggi yillarda imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxo‘rlik qilish borasida qabul qilinayotgan qonun va qarorlar mazmun-mohiyati, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
N. Plotnikova va B. Safarovlar Xalq demokratik partiyasi tomonidan nogironlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rsatilayotgan amaliy tizimli yordamlarga minnatdorliklarini bildirishdi.
Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarni mamnun qildi. Tuman deputatlari tomonidan bolajonlarga sovg‘a-salomlar ulashildi.