Ayollar muammolari hal etilmoqda
Ayollar muammolari hal etilmoqda

 

Chinoz tumani O‘zbekiston XDP kengashi tomonidan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida ehtiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir qatnashchilariga "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlar haqida tushunchalar berildi.

Muloqot davomida ishtirok etgan har bir ayolning muammolari o‘rganilib, tahlil qilindi va ularga yordam berish choralari muhokama qilindi. Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish uchun mono-markazlarga yo‘naltirildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish