Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat

 

O‘zbekiston XDP Urganch tuman kengashi tomonidan "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida mahalla va BPTlarida davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

"O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan yo‘nalishlardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashi deputati B. Berdiyeva navbatdagi ana shunday uchrashuvni oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti viloyat vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazdi.

Davra suhbatida oilalardagi muhitni yaxshilash va mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish zarurligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, gender tenglik masalalari, davlatimiz tomonidan ayollarga berilayotgan e’tibor, ularning jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan sa’i-harakatlar borasida ma’lumotlar berildi. Oila, maktab, mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yib, ta’lim-tarbiya borasida va boshqa masalalarda milliy qadriyatlarimizga tayanish, bugungi kunimizga shukronalik bilan yashash, tinchligimiz qadriga yetish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish