Yoshlar ko‘chat ekishda faollik ko‘rsatishmoqda
"Yashil makon-2023" umummilliy loyihasi doirasida Respublika bo‘ylab barcha tashkilot va korxonalar tomonidan keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ko‘chat ekish aksiyalari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Yoshlar parlamentlari a’zolari "Farg‘onaazot"AJda ko‘chat ekishni boshlab berdi. Farg‘ona viloyati partiya a’zolari tomonidan ko‘chat ekish ishlari faollik bilan amalga oshirilmoqda.
"Yashil makon-2023" umummilliy loyihasida siz ham faol ishtirok eting!