“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha nazorat tadbirlari
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tumanda onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R. Unarov axboroti tinglanib, aniqlangan kamchiliklar va hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilandi.