Kuz-qish mavsumiga taraddud ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Matyaqub Masharipov 21-sonli maktabda sektor rahbari, tashkilot mas’ullari bilan birga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Jarayonda isitish pechlari va deraza romlarning holati, ko‘mir zaxiralari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.