Ayollar bandligi – oilalar farovonligi

 

Yangiariq tuman Kattabog‘ kulolchilik markazida Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, O‘zXDP tuman kengashi deputatlik guruhi a’zosi Barno Qo‘chqorova ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi press-tur "Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash dolzarb vazifa" mavzusida bo‘ldi.

Bugun yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar tufayli tadbirkorlar soni tobora ko‘paymoqda. Birgina Yangiariq tumanini oladigan bo‘lsak, oxirgi 5 yilda tadbirkorlar soni 1550 nafardan 2150 nafarga oshganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, ehtiyojmand aholini aniqlashning mamlakatimizda yaratilgan va yuqori samaradorligi tegishli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilgan tizimlari – “Temir daftar”, Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali minglab oilalar, xotin-qizlar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan aholi moddiy yordam bilan to‘la qamrab olindi.

Press-turda ishtirok etgan tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, 10 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida taqdim etilgan tikuv mashinalari orqali ayollarning bandligi ta’minlanishiga erishildi.

Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, 66 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 388 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish