O‘zXDP Chirchiq shahar kengashi raisi N.Raxmanberdiyeva 17-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida BPT raisi Yu. Yadgarova hamda ushbu muassasa xodimlari ishtirokida "Ayollar ijtimoiy himoyasi – ijtimoiy faollik poydevori" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yurtimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda tarbiyachi-pedagoglarga "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun belgilangan maqsad va vazifalar xususida tegishli tushunchalar berildi.
Uchrashuv sermazmun, ochiq muloqot tarzida o‘tdi.