Uyma-uy yurib muammolar o‘rganildi
O‘zbekiston XDP Taxiatosh tuman kengashi tomonidan "Naymanko‘l"ovul fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan "Uyma-uy" loyihasi o‘tkazildi.
Loyihasi doirasida mahallada yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ish bilan ta’minlanmagan xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurib, ular bilan yaqindan suhbat qilindi. Aholini qiynayotgan muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.