Beruniy tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

 

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Beruniy tumani bo‘yicha jami 435 min 500 tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda 295 ming 592 tup ko‘chat ekilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati X.Eshimbetov o‘zi saylangan Beruniy tumanida bo‘lib, bugungi kungacha shumtol, qayrag‘och, terak, jiyda, tut, uzum va boshqa turdagi daraxt ko‘chatlari ekilganligi va parvarishlanish jarayoni bilan tanishdi.

Beruniy tumani Obodonlashtirish korxonasi ishchilari bilan uchrashib, “Yashil makon” umummilliy loyihasidan ko‘zlangan maqsad, uning kelajak uchun qanchalar muhimligi tushuntirildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi rahbariyati tomonidan Respublikani yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng deputat tuman Obodonlashtirish korxonasiga ajratilgan 5 gektarlik maydonga ko‘chat ekish tadbirlarida qatnashdi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish