Bandlik dasturlari ijrosi o‘rganilmoqda
Bandlik dasturlari ijrosi o‘rganilmoqda

 

Mamlakatimizda aholi soni yildan-yilga oshib, har yili minglab yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand aholini himoya qilish borasida respublika hududlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta ushbu masalalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ham alohida e’tibor qaratilib, deputatlar joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi U. O‘rozboyev Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish ishlarini o‘rgandi.

Tumanda 2023 yilda doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish yillik rejasi 15 131 etib belgilangan bo‘lib, amalda 18 596 bajarilgan. Shundan doimiy 8325, mavsumiy 8215, legallashtirish 2056 ish o‘rni tashkil etilgan. Tumandagi "BAGIRA TEKS " MChJ eksportbop mahsulotlar, erkaklar kostum shimi va paltolar ishlab chiqaruvchi korxona Qo‘shko‘prik mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, to‘liq ishga tushganda 150 nafar doimiy ish o‘rinlari yaratiladi. Deputat shuningdek, ijtimoiy soha muassasalari binolarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, binolarda ta’mirlash ishlarining borishi holatini ham o‘rgandi. Jumladan, tumandagi Qahramon mahallasi hududidagi 31-sonli, Qatortol mahallasi hududidagi 10-sonli, Toshkentlik mahallasi hududidagi 16-sonli umumta’lim maktablarida joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish