Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Urgut tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zo etib hisoblashi uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning boshqalar bilan teng ravishda jamiyat hayotida ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish