Yoshlarning bandlik darajasini oshirish
Yoshlarning bandlik darajasini oshirish

 

Bugungi kunda inson salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan yoshlar mehnatidan foydalanish sohasida qanday strategiya belgilanganligiga bog‘liq. Yoshlar ko‘p jihatdan jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qabul qilingan qaror va farmonlar va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar bandligi va kasb-xunarga o‘qitish hamda har bir yoshning bugungi kundagi faoliyati borasida bir qancha chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada O‘zbekiston XDP Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori tomonidan bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda, “Yoshlar bandligini ta’minlaymiz”, “Ayollar bandligi oila farovonligi”, “Safimizdagi yoshlar”, “Qonunchilik yoshlar nigohida” loyihalari doirasida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat hamda Sh. Rashidov tuman Kengashi tomonidan “Yoshlarning bandlik darajasini oshirish” mavzusida Jizzax ADM avtomobil ishlab chiqarish zavodida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Unda yoshlar bugungi kunda zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish