Mehr ulashaylik
Mehr ulashaylik

 

Nukus shahridagi Nukus “Muruvvat” ayollar internat uyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi bilan birgalikda 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Mehr ulashaylik” loyihasi doirasida madaniy-ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng Nukus “Muruvvat” ayollar internat uyi direktori Lidiya Kim O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi faollari va deputatlar hamisha muruvvat uyidan xabar olib turishi, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazib kelinayotgani, tarbiyalanuvchilarning qo‘lida yasalgan buyumlarning yarmarkasi tashkil etishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelinayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Maqsad partiya g‘oya-maqsadlarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, dasturiy vazifalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, nogironligi bor shaxslar ijtimoiy hayotga integratsiya qilinishi, ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini doimo his qilishlariga erishishdan iborat.

Tadbir davomida Nukus “Muruvvat” ayollar internat uyining bugungi kundagi ahvoli, moddiy-texnik ta’minoti, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdilar. Yakunda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish