Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati
Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy davlat barpo etishning konstitutsiyaviy asoslari mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor rahbari, Yoshlar parlamenti a’zosi Muhsiddin Nizomiddinov, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi rahbarlari hamda institut professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talabalari ishtirok etdi.

Qonunchilik palatasi deputati M. Hasanova so‘zga chiqib, Konstitutsiyaga xalqchil norma va moddalar kiritilgani ayniqsa, ijtimoiy sohalar va xotin-qizlar, gender tengligi bo‘yicha yangi normalar xususida aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston XDP Yoshlar sektori rahbari so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizda yoshlar bilan bog‘liq moddalar yanada mustahkamlanganligiga e’tibor qaratdi.

Savol-javob tarzida davom etgan davra suhbati yakunida faol ishtirok etgan talabalar partiya esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish