O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlar sektori Toshkent viloyat kengashi bilan hamkorlikda Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari uchun “Yosh yetakchi” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etdi.
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etgan uchrashuv “Islohotlar jarayonida yoshlar masalasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Talabalar bilan ochiq muloqotda O‘zbekiston XDP yoshlar bilan ishlash tizimi, bugungi kunda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, partiya safiga a’zo bo’lish tartibi, yoshlar parlamenti haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Muloqot davomida Qonunchilik palatasi huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan jamiyatda yoshlar faolligini oshirish, huquqiy savodxonlikni rivojlantirish hamda shaxsiy rivojlanishga qaratilgan vazifalar hususida suhbatlashildi.
Savol-javob tarzida davom etgan muloqot yakunida faol talabalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.