Muzrabot tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda
Muzrabot tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda

 

Yurtimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha», «Obod mahalla» loyihalari doirasida ko‘plab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati Sh.Norqobilov tashabbusi va boshchiligida tumandagi «Bog‘i eram» mahallasida mahalla yettiligi uchun yangi qurilgan zamonaviy bino hamda tikuvchilik sexi tayyor holga keltirilib, bino atrofiga daraxt va gul ko‘chatlarini ekildi.

Ushbu xayrli ishda deputatlar, partiyaning faol nuroniylari, mahallalardagi «Keksalar maslahati» guruhi raislari, mahalla yoshlari faol ishtirok etdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish