Dastur amalda
Dastur amalda

 

Saylovoldi dasturida:

- Aholi turmush darajasini belgilashda, ijtimoiy siyosat va davlat ijtimoiy dasturlarini ishlab chiqib joriy etishda, shuningdek, mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning eng kam darajasini belgilashda xalqaro hamjamiyatda umumqabul qilingan ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash minimumi va iste’mol savatchasi hamda ularni qo‘llash tartibini qonuniy jihatdan mustahkamlash va amalda qo‘llashga erishish maqsad qilingan.

 

Amalga oshdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgust 544-sonli “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.

Fraksiyaning takliflari ham inobatga olinib, “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovlarini marhumning qaramog‘idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa 23 yoshga to‘lgunga qadar to‘lash belgilandi.

Nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash nazarda tutildi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish