O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

 

Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi B. Tashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarni o‘rganish va aniq hal etish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga oid qabul qilinayotgan muhim hujjatlar mohiyatini keng aholi qatlamlariga yetkazish, qonunlarga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga, yangi ishlab chiqilayotgan qonunlarga joylardagi mavjud holatlardan kelib chiqib, ularni o‘rgangan holda aniq, asosli takliflar berish kabi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish maqsad qilingan.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish