“Ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi joriy etilmoqda
“Ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi joriy etilmoqda

 

O‘zbekiston XDPning saylovoldi dasturida davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy himoya hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilish muhim vazifa sifatida belgilangan.

Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini yurtimizda ijtimoiy yordamlar ko‘lami kengayib borayotganligi, sohada mutlaqo yangi tizim joriy etilib kelinayotganligidan ham ko‘rishimiz mumkin. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va nuroniyning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etilmoqda.

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi amaliyotga joriy etilmoqda. Bunda, ushbu oilalar sharoitini yaxshilash, ularni davolash, dori vositalari bilan ta’minlash, farzandlarini maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi;

Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda.

 

Boymurod Yusupov,

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i.

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish