Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
O‘zbekiston XDP Chilonzor tuman kengashi raisi Dono Mahmudova tomonidan tumandagi 55 ta mahalla xotin-qizlari uchun «Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga ijtimoiy ko‘mak va maslahatlar berish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.