Aholining murojaatlari tinglandi
Mamlakatimizda inson qadri ustuvorligiga erishish, murojaatlar bilan ishlash, muammolarni joyida o‘rganib, hal etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chortoq tumanidagi «Keskanyor» mahallasida joylashgan 4-maktabda yoshlar va aholi vakillarining murojaatlari tinglandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shoxista Turg‘unova, tuman hokimi Ilhomjon Sattarov ishtirok etgan muloqotda yoshlarning ishga joylashish, davolanish, bolalar nafaqasi tayinlash va boshqa masalalardagi murojaatlari hamda mahalla yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha bildirgan takliflari tinglandi.
Ko‘tarilgan har bir masala ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.