Aholi bilan uchrashuv
Aholi bilan uchrashuv

 

Xalq deputatlari Chortoq tuman kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat S. Botaboyev o‘zi saylangan hududdagi “Oyqiron” MFYda joylashgan 9-umumta’lim maktabida aholi bilan uchrashdi.

Deputat dastavval 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berib, so‘ng 2024 yilgi rejalar haqida gapirdi. Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etayotganligi xususida to‘liq ma’lumot berdi.

Uchrashuvda shuningdek, jinoyatchilik, o‘quvchi yoshlarni har xil oqimlarga qo‘shilib ketmasliklarining oldini olish, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va yangiliklar haqida gapirildi.

Muloqotda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish