Sog‘lom ona – sog‘lom oila
Sog‘lom ona – sog‘lom oila

 

O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi G. Shafoatova va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X. Naimovlar hamkorligida tumandagi “Uchqizil” mahallasida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy oilaviy poliklinikada “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda tuman tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari hudud aholisini chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 48 nafar fuqaroning 12 nafariga tuman sharoitida, 8 nafariga viloyatda davolanish uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish