Senatorlarning faol saʼy-harakatlari tufayli Qashqadaryodagi bir qator muammolar ijobiy hal etildi
Senatorlarning faol saʼy-harakatlari tufayli Qashqadaryodagi bir qator muammolar ijobiy hal etildi

 

Hududlarda aholining dardiga quloq tutish, ularni tashvishga solayotgan masala va muammolarni hal etish borasida senatorlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joylarda bevosita aholi vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashuvlar hamda ijtimoiy obyektlarga tashriflar chog‘ida ko‘tarilgan, o‘z yechimini kutayotgan masalalar nazoratga olinmoqda.

Xususan, senatorlarning Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan uchrashuvlari chog‘ida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati, O’zXDP deputatlik guruhi a’zosi Abdimurat Bazarov tomonidan Qamashi tumani “G‘ishtli” qishlog‘ining 6 600 nafardan ziyod aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasini davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan edi.

Ushbu murojaat Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi so‘roviga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zsuvtaʼminot” AJ tomonidan o‘rganib chiqildi.

Natijada Qamashi tumanidagi “G‘ishtli” MFYda mavjud 3 ta suv olish inshootiga yangi nasos va qo‘shimcha elektr jihozlari o‘rnatilib, suv olish inshootlari faoliyati qayta tiklandi va aholi ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Shuningdek, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati, O’zXDP deputatlik guruhi a’zosi Yanvar Inoyatov Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining nasos agregatlari bir maromda ishlashi uchun ularni zarur elektr energiyasi bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘ragan.

Chunki Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining 5 ta suv haydash nasosi elektr energiyasidan bo‘layotgan uzilishlar sababli to‘liq quvvatda ishlamayotgan edi. Bu esa fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholiga ekin maydonlarini sug‘orish ishlarida qiyinchiliklar tug‘dirib, ularning haqli eʼtiroziga sabab bo‘layotgandi.

Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga o‘rnatilgan tartibda har oyda elektr energiyasining shartnomaviy miqdoriga qo‘shimcha limitlar ajratilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Hozirgi vaqtda mazkur boshqarmaga qarashli nasos stansiyalari kaskadida 5 qator nasos agregatlari bir maromda ishlamoqda. Shuningdek, ularni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash bo‘yicha Energetika vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

www.senat.uz

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish