Xayriya tadbirlarida deputatlar faollik ko‘rsatishmoqda
Chortoq tumanidagi O‘zbekiston MFY O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi Mahmudaxon aya Usmanova himoyaga muhtoj bo‘lib yolg‘iz o‘zi istiqomat qiladi.
Xalq deputatlari Chortoq tuman kengashiga XDPdan saylangan deputat N. Rizayev boshchiligida yoshlardan iborat volontyorlar guruhi, MFY raisi va "Keksalar maslahat guruhi" rahbari hamkorligida onaxonning holidan xabar olindi.
Uning yashash xonadonida hashar tashkil etildi. Volontyorlik guruhi a’zolari tomonidan tomorqalar chopilib, daraxtlarga shakl berildi va oqlanib, tartibga keltirildi.