O‘zbekiston XDP Urganch tuman kengashi faollari, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Ziyoda Ketibayeva K. Otaniyozov mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mahalla mas’ullari hamda IIB inspektor psixologi Dildora Saparovalar ishtirok etgan muloqotda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamda aholining har tomonlama farovon va tinch yashashi uchun qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, mahallada istiqomat qilayotgan turli millat vakillari bilan tinch-totuv yashash, ota-onalar yoshlarning tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lishi zarurligi, maktabda sababsiz dars qoldirmaslik, uyali telefondan foydalanish tartibi, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan Cholish shaharchasiga alohida avtobus qatnovini qo‘yish, K.Otaniyozov, M. Xorazmiy mahallalari bilan Jayhun mahallasiga borish yo‘lini asfalt qilish, o‘quvchilarni darsdan bo‘sh paytlarida maktabning o‘zida turli to‘garaklar tashkil qilish kabi murojaatlar qilindi. Deputat Z. Ketibayeva mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan kelishib, hal qilinishini bildirdi.