Muhokama, tahlil va taklif
Muhokama, tahlil va taklif

 

O‘zXDP Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

O‘zXDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari A.Sandiyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi A.Raxmonov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimi F.Norinberdiyev, O‘zXDP Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Elmurodov va Guliston Davlat universiteti talabalari ishtirok etgan tadbirda «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga tarif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash hamda qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Zo‘ravonlik shakllari sifatida jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar kiritilayotganligi va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari belgilanayotganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish